
Chustdagi palov chempionatida 10 yoshli oshpaz qatnashdi (foto)
29-mart kuni Namangan viloyati Chust shahrida Navro‘zga bag‘ishlangan Xayriya osh chempionati o‘tkazildi. Chempionat Oshxona.uz internet loyihasi va O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi, debxabar berdi “Gazeta.uz”.
Chustdagi Oshxona.uz restoranida o‘tkazilgan oshpazlar musobaqasida 15 ta jamoa qatnashdi. Eng yosh ishtirokchi 10 yoshli oshpaz bo‘ldi. Chempionatda chustlik Ilhomjon Ahmadjonov g‘alaba qozondi.

Tadbir tashkilotchisi Bahriddin Najmiddinov va chempionatning eng yosh ishtirokchisi Abdulazizxon Botirxonov. Foto: gazeta.uz
Eslatib o‘tamiz, chempionat davomida yig‘ilgan mablag‘ Namangan viloyatidagi 26-mehribonlik uyiga o‘tkaziladi.