Toshkentda bolalar va yoshlar uchun nemis kinosi namoyish etiladi
“Shum bola” bolalar va yoshlar uchun nemis kinosi festivali Toshkentda 30-apreldan 3-maygacha o‘tkaziladi. U Toshkent Gyote instituti va “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Germaniyaning “Shlingel” kinofestivali hamkorligida tashkil qilinadi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Shum bola” festivali birinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘zbekistondagi yosh tomoshabinlarga “Shlingel” nemis festivali dasturidan sakkizta badiiy film havola etiladi.
“Shlingel” festivali direktori Mixail Xarbauer kinofestival faxriy mehmoni bo‘ladi. U har bir filmni shaxsan tanishtirib, namoyishdan so‘ng tomoshabinlar savollariga javob beradi.
Namoyish Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bo‘lib o‘tadi. Barcha filmlar rus tiliga tarjima qilingan.
Seanslar jadvali
30-aprel
14:30 “Missisipidan qo‘lingni tort” (Hände weg von Mississippi) — Detlev Buk, 2007-yil
1-may
11:00 “Uchayotgan sinfxona” (Das fliegende Klassenzimmer) — Tomi Vigand, 2003-yil
14:30 “Qirolga atalgan maktub” (Der Brief für den König) — Piter Verxoff, 2008-yil
2-may
11:00 “Sohibjamol va maxluq” (Die Schöne und das Biest) — Mark-Andreas Bochert, 2012-yil
14:30 “Bosh osha” (Kopfüber) — Bernd Saling, 2013-yil
3-may
11:00 “Jajji arvoh” (Das kleine Gespenst) — Alen Gsponer, 2013-yil
13:30 “Qora aka-ukalar” (Die schwarzen Brüder) — Ksaviar Koller, 2014-yil
16:00 “Muxlislar nonushtaga qolishmaydi” (Groupies bleiben nicht zum Frühstück) — Mark Rotemund, 2010-yil