HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK!

Saytimizning Aziz va Qadrli, sadoqatli, doimiy foydalanuvchilari hamda muhtaram mehmonlar! Barchangizni kirib kelayotgan Hayit ayyomi bilan saytimiz ma'muriyati nomidan chin qalbimizdan muborakbod etib, ushbu ulug' ayyomda qalblaringiz hidoyat nuri ila munavvar bo'lmog'ini, duolaringiz ijobat bo'lishini Yaratgandan so'rab qolamiz.
Kamoli ehtirom ila - TaRoNaHiT.TK ma'muriyati va ijodiy jamoasi
Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy "Qur'on" nozil bo'lgan oy ekan,
Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish,
Takabburlar axloqini tuzatmish.
Rasululloh yig'lab uni kuzatmish,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin,
Arazlashgan bir-birini kechirsin,
Olloh olov kamzullarni yechirsin,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo'lsang uyda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul- qadrda.
Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro'zamizni Olloh uchun tutaylik,
Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik,
Mangu xuzur-xalovatga yetaylik,
Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!
Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak