Sibirda dunyodagi eng katta BelAZ samosvalini sinab ko‘rishdi (8 foto)
Kuzbassdagi "Chernigoves" ko‘mir konida 450 tonna yuk ko‘taradigan dunyodagi eng katta BelAZ-75710 kon samosvalining sinovlari bo‘lib o‘tdi. Belorussiyada ishlab chiqariladigan BelAZ dunyodagi eng katta samosval sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. BelAZning 75710 modeli paydo bo‘lganga qadar 363 tonna yuk ko‘taradigan Liebherr-T282B mashinasi dunyodagi eng katta samosval bo‘lib turgandi.
450 tonna yuk ko‘taradigan samosval balandligi - sakkiz metr, kengligi - 10 metr atrofida, uzunligi - 20 metrdan katta. Mashina og‘irligi - 360 tonna, bitta shunday mashina bir yo‘la yettita ko‘mir ortilgan vagonni to‘ldira oladi.