Новые фильмы на портале

0ком.
Автор:
ASADULLOH
Просмотров:
685
Загрузок:
0 раз (а)
Дата:
26.07.2014
Теги:

“Toshbaqa-ninzya” aks etgan birinchi surat ikki million dollarga sotiladi

    “Toshbaqa-ninzya” aks etgan birinchi surat ikki million dollarga sotiladi Скачать торрент

    Amerikalik komikslar rassomi Kevin Istmen o‘zining “Toshbaqa-ninzya” seriyasidagi 1984-yilda ishlangan birinchi suratini ikki million dollarga sotishga qaror qildi. Bu haqda Variety xabar berdi.

    Suratni San-Diyegodagi 24—27-iyulda bo‘lib o‘tadigan Comi-Con festivalida xarid qilish mumkin. Rassomning ta’kidlashicha, 2014-yil “Toshbaqalar” 30 yoshga to‘lgani uchun ham suratni aynan shu vaqtda sotishga qaror qilgan. Bundan tashqari, Paramount kompaniyasi 8-avgust kuni toshbaqalar sayohatlari haqidagi yangi filmni muxlislar e’tiboriga taqdim etadi.

    Istmenning so‘zlariga ko‘ra, savdodan tushgan mablag‘ning ma’lum bir qismi xayriya uchun ajratiladi.

    “Men bu rasmga 30 yil egalik qildim, endi, o‘ylashimcha, unga yangi uy topadigan vaqt keldi. Hozir ‘Toshbaqalar’ni qo‘yib yuborish uchun eng qulay vaqt ekanligini his qilyapman”, — deydi rassom.

    Rasmni sotishda Istmenga kattalar uchun mo‘ljallangan, komiks va fantaziya hamda ilmiy fantastika janrlaridagi hikoyalar chop etadigan Heavy Metal nashri yordam beradi. Rassom 1991-yildan beri mazkur jurnalning ham egasi, ham noshiri hisoblanadi.

    Ma’lumot uchun, Istmen komiksni Piter Lerd bilan hammualliflikda yaratgan. Toshbaqa-ninzyalarning sayohatlari oltita to‘liq metrajli film, ko‘plab multseriallar, teleshou va kompyuter o‘yinlarida aks etgan.

    Советуем к просмотру

      ДОБАВЛЕНИЕ КОММЕНТАРИЯ

      Имя *:
      Email:
      Подписка:1
      Код *:

      Новости проэкта

      Реклама на сайте

      Информация о сайте

         Добро пожаловать н открытый торрент портал Games-Plus.3dn.Ru ! На нашем портале вы можете скачать: Фильмы, Игры для PC, PSP, XBOX, Порограммы, музыку, Обои для рабочего стола, Темы для Windows, книги - журналы и многое другое...    Мы создали уникальный функционал для удобства пользования: небольшой чат, статистику, отбор фильмов по качеству, а игр по жанрам, все наши торренты разложены, как книжки по полочкам, а наших пользователей мы научили вести себя на страницах ресурса согласно опубликованным правилам. И это далеко не всё, что нам удалось сделать за время работы сайта.

      Статистика Портала

      Онлайн всего: 1
      Гостей: 1
      Пользователей: 0