
FIFA “Oltin qo‘lqop”ga nomzod posbonlarni e’lon qildi
Jahon chempionatining eng yaxshi posboni nomiga da’vogarlik qilayotgan darvozabonlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Chempionat.asia.
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer, Argentinadan Romero hamda Kosta-Rika posboni Keylor Navas “Oltin qo‘lqop” sovriniga nomzodlar qatoridan o‘rin olgan.