Qoyilmaqom to‘y suratlari (16 foto)
AQShning Oregon shtatidagi o‘rmonning yoqasida sevishganlarning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ammo tez orada to‘yni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi, chunki to‘yga yaqin joyda katta yong‘in sodir bo‘lgan edi. Tajribali to‘ylar fotosuratchisi Josh Nyuton (Josh Newton) esa fursatdan foydalanib, ikki sevishganning hayotidagi eng quvonchli kunda takrorlanmas lahzalarni suratga olish uchun yong‘indan foydalanishga qaror qildi. Natijada, juda ham qoyilmaqom fotokadrlar dunyoga keldi.