Ҳурматли ўзбекистонликлар, интернетга киришда муаммолар йўқми?
“Bilayn” mobil interneti ishlamay qoldi (+)
Ayni paytda “Bilayn” interneti butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlamayapti. Bu haqda kompaniyaning onlayn qo‘llab-quvvatlash xizmatida ma’lum qilishdi, deb yozadi “Kun” nashri.

“Bilayn” interneti ishlamayapti. Foto: “Daryo”
“Bilayn-O‘zbekiston” aloqa operatorining internet xizmati 3-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:50 atrofida ishlamay qoldi. Ayni vaqtda, qo‘ng‘iroqlar va SMS xizmati odatdagidek ishlashda davom etmoqda. Ushbu xabar yozilayotgan vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy sokinlik kuzatilayotgan edi.
Kompaniya rasmiylari hozircha ushbu holat bo‘yicha izoh yoki tushuntirish bergani yo‘q. “Bilayn-O‘zbekiston” matbuot xizmati xodimlari telefonini ko‘tarmayapti yoki telefoni o‘chiq.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ayni vaqtda mutaxassislarimiz ushbu muammoni bartaraf etish ustida ishlashmoqda. Internet xizmati tez orada tiklanadi”, – deya ma’lumot berishdi kompaniya onlayn qo‘llab-quvvatlash xizmatida.
Ayni vaqtda, mamlakatning boshqa bir yirik aloqa operatori – Ucell abonentlarida internetga kirish bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, “O‘zbektelekom” va boshqa internet provayderlar Rossiya hududidagi avariyaviy ishlar munosabati bilan, 3-aprel, payshanba kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha internet xizmati sifati yomonlashishi mumkinligini ma’lum qilgandi.