FCB SOBIQ BOSH MURABBIY TITO VILANOVA VAFOT ETDI !
Sobiq "Barcelona" klubi murabbiyi Tito Vilanova bugun 45 yoshida vafot etdi. Ikki yil davomida saraton kasalligi bilan kurashgan Tito oxir oqibatda bu yorug' olamni tark etdi. Avvaliga gospitalga og'ir ahvolda yetkazilgan edi.
Vilanova 2008-2012-yillarda Pep Gvardiolaning kataloniya klubidagi murabbiy yordamchisi bo'lib ish olib bordi. 2012-2013-yillar mavsumida esa Tito Gvardila o'rniga murabbiy bo'ldi va shu mavsumda jamoasi bilan chempionatni yutib oldi.
Biz marhumning oilasi, "Barcelona" klubi a'zolari va muxlislariga hamdardlik bildirib qolamiz!