Esingizdami: "Hozir uvlab yuboraman..." (8 foto)
"Hozir uvlab yuboraman..." haykali "Bir kuchuk yashagan edi" deb atalgan mashhur sovet multfilmidagi bo‘ri obrazining bronzaga ko‘chirilgan tasviridir. Xalq ichida bu haykalni baxt haykali deb atashadi, darhaqiqat, kim ham bu mulfilm qahramonidan ko‘ra mazkur ajoyib holatni namoyish qila olardi...
Muallifi metall quyuvchi Maksim Petrov bo‘lgan bu noodatiy haykal Tomskda Shevchenko ko‘chasidagi savdo markazidan uncha uzoq bo‘lmagan joydagi Markaziy xiyobonning gavjum joyida o‘rnatilgan.
Mazkur kompozitsiya uchun 200 kg bronza sarflangan, eng ajoyibi u maxsus ovoz tizimiga ega.
Agar bu bo‘rining to‘q qornini silasangiz u Armen Jigarxanyan ovozi bilan "Hozir uvlab yuboraman..." deb agapiradi. Hammasi bo‘lib bo‘ri multfilmdagi yettita iborani gapira oladi.
Tomskka yo‘lingiz tushsa albatta bu baxt haykalini ham borib ko‘ring!