Google xizmatchisining qizi otasi uchun Google’ga xat yozdi
Qizaloq kompaniyaga xat yozib, otasi uchun bir hafta ishdan dam olishga ruxsat oldi. Google xizmatchisining qizi – Keti o‘z xatida shunday yozadi:
“Google’ning hurmatli ishchilari! Chorshanba kuni dadam ishga borganida, unga bir kun dam olish kuni bera olmaysizmi? Odatda unda faqatgina shanba dam olish kuni. Keti.
P.S. Chunki chorshanba uning tug‘ilgan kuni.
P.P.S. Va hozir yoz-ku!”
Tez orada qizaloq o‘z maktubiga rasmiy javob oladi. Google xizmatchisi Daniel Shiplakof unga shunday javob yozadi:
“Sening otang Google dizayni uchun bir qancha chiroyli va yoqimli narsalar qilgan va millionlab odamlar undan foydalangan. Yozgi chorshanbalarda ham dam olish kuni berish zarurligi va tug‘ilgan kun sabab, biz otangga bir hafta dam olish kuni bermoqchimiz.”